Siyosiy tizimlar

Siyosiy tizim — bu hukumat qurilmasining asosiy qoidalari to‘plami bo‘lib, kim boshliq bo‘ladi, u qanday tanlanadi hamda hokimiyat tarmoqlarining vakolatlari va javobgarligi qanday taqsimlanadi degan savollarga javob beradi. Ko‘pchilik siyosiy tizimlarning maqsadi davlatni — o‘z hukumatiga ega mustaqil mamlakatni saqlab qolishdan iborat.

Hech bir mamlakatda siyosiy tizim ideal hisoblanmaydi. Ayrim hollarda tizimni qanday o‘zgartirish kerakligi haqidagi bahslar urushlar va inqiloblarga olib kelgan. Ayrimlar esa umuman hukumatning bo‘lmasligi ma’qulroq deb hisoblaydi.

Siyosiy tizimlarning turlari

Biz doim turli siyosiy tizimlarga duch kelamiz. To‘g‘ri, ularni har doim ham sezmaymiz.

Uyda
— Tishlar yuvib to‘shakka yotilsin! Bu senga demokratiya emas.

Mutloq monarxiyaga o‘xshaydi — ko‘pincha ikkita monarxli.

Maktabda
Direktor: — Men butun maktabni boshqaraman!
O‘qituvchilar: — Biz darsda boshliqmiz!
Sardorlar: — Biz boshqa o‘quvchilarga rahbarlik qilamiz!
O‘quvchilar: — Biz hech kimga rahbarlik qilmaymiz.

Feodalizmga juda o‘xshaydi.

Hammasi yomon. Feodal qiynavordi. Tez orada yana vabo. Qizim — sakkiz yoshda, yaqinda turmushga chiqadi. Cherkov yondiryapdi. Qishloqda erkak qomadi. Behosil yil. Ovqat yeyishga hech narsa yo’q. Er diareyadan vafot etdi. Cherkov katar bo’lib chiqdi.

Siyosiy tizimni yaratish

Ko‘pchilik davlatlar turli kishilar guruhlaridan tashkil topgan. Shu sababli siyosiy tizimlar hech kim o‘zini xafa sezmasligi uchun ularning manfaatlarini hisobga olishi zarur, aks holda katta ko‘ngilsizliklar ro‘y berishi tayin. Ayrim siyosiy tizimlar eng oddiy savollarga javob tariqasida paydo bo‘lgan.

Kim rahbarni tanlaydi?

  • Eng kuchli odam rahbarlik qilishi zarur.
  • Uni fuqarolar muntazam saylovlarda tanlaydilar.
  • Hech kim uni tanlamaydi, rahbarlar merosxo‘rlik asosida paydo bo‘ladi.

Qonunlarni kim o‘rnatadi?

  • Siyosatchilar guruhi, masalan, parlament.
  • Qonunlar bevosita kishilar tomonidan qabul qilinadi.
  • Yakka hokimlik asosidagi rahbar.

Armiyani kim boshqaradi?

  • Armiya hukumatdan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini boshqaradi.
  • Yakka hokimlik asosidagi rahbar.
  • Hukumat.

Qonunlarni kim qabul qiladi?

  • Hukumat tomonidan tayinlangan sudyalar.
  • Diniy rahnamolar.
  • Hukumat.
  • Fuqarolar tomonidan saylangan sudyalar.

Ko‘pchilik siyosiy tizimlar — hech bo‘lmaganda so‘zlarda — o‘z oldiga faqat bitta maqsad qo‘yadi: fuqarolarni tashqi hujumlardan himoya qilish, ularga bahslarni tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashish va umuman hayotni yaxshilash. Quyida biz siyosiy tizimlarga bir necha misollarni ko‘rib chiqamiz.

Avtoritar tizimlar

Ko‘pchilik mamlakatlarda to 19 asrga qadar hokimiyat bitta rahbarga — qirol, shoh yoki sultonga tegishli bo‘lgan. Bugungi kunda bunday shakldagi boshqaruvga ega mamlakatlarni — u xoh bir kishi, diktator, yoki kichik kishilar guruhi bo‘lsin avtoritar deb ataladi. Ularda rahbarlarning o‘zi o‘zlariga qonunlarni, asosan hokimiyatni ushlab turish uchun o‘ylab topadilar. Mana bir necha misollar:

Oppozitsiyaning mavjdu emasligi
Ko‘pgina diktatorlar hokimiyatga saylov yo‘li bilan kelgan. Ularga o‘z mamlakatida demokratiya ko‘rinishini himoya qilish qulay, biroq ayni vaqtda ular kelgusi saylovlarda g‘olib bo‘lishni istaydilar, shu sababli faqat o‘zi yutib chiqishi mumkin bo‘lgan qoidalarni joriy qiladilar.

Xitoyda yuzni aniqlash tizimi

Hammani nazorat qilish
Ayrim avtoritar rahbarlar atrofdagilarni eshitib va nazorat qilib yurish hamda keyin hukumatga yetkazish uchun butun boshli ayg‘oqchilar armiyasidan foydalanadi.

OAV ustidan nazorat
Barcha teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar va hatto internetdagi materiallar davlat nazorati tomonidan ma’qullangan bo‘lishi zarur: ushbu amaldor rahbar o‘z fuqarolaridan yashirishni xohlaydigan har qanday axborotni olib tashlashi mumkin.

Namoyishlarga chiqmaslik
Kishilar isyon ko‘tarmasligi uchun politsiya har qanday namoyishlar va yig‘ilishlarni tarqatib yuborishi mumkin.

Xitoyning Gonkong politsiyasi namoyishchilarni mitingda tarqatib yubordi (2019)

Hech qanday tanqid
Rahbar yoki hukumatni tanqid qilish yoki ustidan kulishga uringan kimsa xibsga olinishi va qamoqqa solinishi mumkin.

Eng shafqatsiz diktatorlar rahbarga qahramon yoki xudoga kabi butkul itoat qilishni, ba’zan sig‘inishni talab qiluvchi qonunlarni joriy qiladilar. Bunday qonunlarga ega mamlakatlar totalitar deb ataladi.

Kim Chen In (2019)

2011 yilda Kim Chen In otasidan Shimoliy Koreyaning Oliy rahbari lavozimini meros qilib oldi. Ushbu mamlakat ko‘pincha totalitar davlat deyiladi.

Rahbarlik harbiylar qo‘lida

Ba’zan generallar mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi. Ular mamlakat saylovlarga tayyor deb qaror qilmaguncha rahbarlik qilishi mumkin, — bunga esa o‘nlab yillar ketishi mumkin. Armiya zobitlaridan tashkil topgan hukumat harbiy xunta deb ataladi. Argentinada 1930 yildan 1983 yilgacha beshta har xil harbiy xuntalar hokimiyat tepasiga chiqqan.

Xudoning qonuni

Shunday mamlakatlar borki, ularga ruhoniy va diniy yetakchilar rahbarlik qiladi. Ularni ko‘pincha istalgan armiyadan kattaroq kishilar ommasi qo‘llab-quvvvatlaydi. Diniy qonunlarga asoslangan siyosiy tizim teokratiya deb nomlanadi. U ham diktatura kabi shafqatsiz bo‘lishi mumkin. 1979 yilda xudoga astoydil ishonuvchilar Eron hukumatini ag‘darib, uning o‘rniga o‘z diniy rahnamosi, oyatilla Xumaynini yangi hukmdor qilib e’lon qildilar.

Benito Mussolini va Adolf Gitler

Fashist diktatorlar

Yana bir siyosiy hodisa, fashizm, fuqarolar orasida ularning vatanga muhabbat tuyg‘usi asosida ommaviylashishga intilmoqda. Biroq bunda fashistlar chet elliklarga nafratni targ‘ib qilgan holda kishilarni kuch bilan o‘z partiyasiga ovoz berishga majbur qilmoqda.

1919 yilda Italiyada Benito Mussolini dunyodagi birinchi fashistlar partiyasiga asos solgan. 1922 yilda u bosh vazir etib saylandi. 1925 yilda u o‘zini diktator deb e’lon qildi.

Davomi: Kommunizm

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Politics from Siyosat nima?

More on Politics from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Politics from Siyosat nima?

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade