So‘l — o‘ng, katta — kichik
Siyosiy partiyalar muayyan mafkuraga amal qiladi. Turli mafkuralar so‘ldan o‘nggacha bo‘lgan qarashlar qatorini hosil qiladi.
Qayerda o‘tirish kerak?
«So‘l» va “o‘ng” atamalari siyosatga 18 asrda kirdi. Fransiya Milliy assambleyasida inqilobiy siyosatchilar qiroldan chapda, uning tarafdorlari, monarxiyachilar esa — o‘ngda o‘tirgan edi.
Jamiyat uchun kim haq to‘lashi kerak?
Ushbu atamalarning ma’nosi davrdan davrga va mamlakatdan mamlakatga o‘tish bilan o‘zgarardi. So‘l mafkura davlat odamlarga yanada faol ko‘maklashishi kerakligini, o‘ngi esa — kishilar va hamjamiyatlar o‘zi mustaqil tarzda yaxshiroq uddalashini nazarda tutadi.

Bu munozara soatlab davom etishi mumkin — ba’zan shunday bo‘ladi ham.
Liberallar va konservatorlar
So‘l va o‘ng mafkuralar iqtisodiyotga katta e’tibor beradi. Lekin ayrimlarni madaniy qadriyatlar, masalan, oila va nikoh, diniy erkinliklar va maktab ta’limi to‘g‘risidagi qonunlar ko‘proq tashvishlantiradi.



Liberallar lotincha liberalis — erkin degan so‘zdan olingan bo‘lib, ular ko‘pincha o‘zgarishlar va yangiliklarni talab qiladi. Konservatorlar lot. conservo — saqlayman degan so‘zdan olingan bo‘lib, ular o‘zgarishlarni yoqtirmaydi va an’analarga amal qilishni xush ko‘radi.
Katta — bu unda ko‘p odamlar ishlaydi degan ma’noda emas. Bu ko‘pincha uning tasarrufida bo‘lgan pul mablag‘lari ning hajmi (va, mos ravishda fuqarolardan kutiladigan soliqlar) bilan bog‘liq. Biroq “katta” so‘zi odatda “odamlar hayotiga faol aralashuvchi” degan ma’noni anglatadi.

Katta hukumat quyidagilarni anglatishi mumkin…
- Biznes egalari xodimlarga munosib ish haqi to‘lashlari va mijozlarni aldamasliklari uchun ular uchun qonunlarning ko‘pligi.
- Fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularni nazorat qiluvchi politsiyachilar va maxsus xizmatlarning ko‘pligi.
- O‘ta katta tavakkalchiliklarni, masalan velosipedda bosh kiyimsiz yurishni taqiqlaydigan qonunlar.
- Davlat xizmatlarining ko‘pligi, masalan bepul sog‘liqni saqlash.
- Yuqori soliqlar.

Kichkina hukumat quyidagilarni anglatishi mumkin…
- Politsiyachilar va maxsus xizmatlarning cheklangan huquqlari.
- Biznes uchun kam cheklovlar bo‘lib, bu unga tezroq rivojlanish imkonini beradi.
- Odamlarga qanday yashashni o‘rgatuvchi qonunlarning mavjud emasligi, faqat zo‘ravonlikni taqiqlovchi qoidalarning mavjudligi.
- Davlat xizmatlarining juda kamligi yoki mavjud emasligi.
- Past soliqlar.
Kapitalizm va sotsializm
19 asrda Yevropada sanoat inqilobi deb atalgan o‘zgarishlar to‘lqini yoyildi. Mashinalar bilan jihozlangan ko‘p mahsulot ishlab chiqaruvchi minglab fabrikalar ochilib, ularning egalari tez boyiy boshladi. Texnologiyadagi o‘zgarishlar ikki yangi mafkura: kapitalizm va sotsializmni vujudga keltirdi.
Kapitalistlar o‘zgarishlar faqat yaxshiliklarga olib keladi deb hisoblardi.

Lekin sotsialistlar sanoat inqilobi jamiyatning eng katta qismi — ishchilarga zarar keltiradi deb o‘ylardi. Sotsialistlar tashkilotning yangi usulini taklif qildilar:

Sotsialistlar adolatli zavodlarga asos solishga urindilar, lekin ular yetarlicha pul va ishchi joylari bermadi. Ular hammani ishga yo‘naltirish va daromadlarni teng taqsimlash mumkinligiga umid qilgandilar. Lekin keyin, hammaga tegishli narsa birorta aniq odamga tegishli bo‘lmagan sharoitda odamlarning yomonroq ishlashi ravshan bo‘ldi. Bu hali aniq bo‘lmagan paytda esa ashaddiy sotsialistlar, ya’ni kommunistlar, butun boshli mamlakatlarni o‘zgartirishga harakat qildilar.
Davomi: Millatchilik

