So‘z erkinligi nima?

Azamat Shamuzafarov
Nov 6 · 2 min read

So‘z erkinligi yoki o‘zini namoyon qilish erkinligi — odamlar o‘z fikrini jazodan qo‘rqmagan holda ifodalay olishini anglatuvchi prinsip (tamoyil).

Hukumat yoki qandaydir hukmron guruh kimningdir so‘z erkinligini cheklaganda — bu senzura deyiladi. U biron bir kitoblarni yoki veb-saytlarni taqiqlashdan, shuningdek hukumat xavfli deb hisoblagan kishilarni kiritmaslikdan iborat bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda senzura taqiqlangan (67-modda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi).

«Senzurachi» so‘zi rimliklarning xulqini nazorat qilgan qadimgi rimlik amaldor lavozimining nomiga borib taqaladi. Bu 2000 yildan ortiq vaqt ilgari bo‘lgan.


Siyosatda nima uchun so‘z erkinligi kerak?

Axborot — va g‘oyalar bilan bo‘lishish erkinligi — saylovchilarga faktlarga asoslangan qarorlarni qabul qilish imkoniyatini beradi. Agar biz, ayniqsa hukumatning qonunbuzarliklari va omadsizliklariga aloqador faktlarni muhokama qila olmasak, demokratiya to‘g‘ri amal qila olmaydi. Shu sababli senzurani ayniqsa diktatorlar xush ko‘rmaydi.

Qozog‘istonda politsiya bo‘sh varaqli erkakni qo‘lga oldi

Diktatorlar so‘z erkinligini bostirar ekan, odamlarga dahshatli zulm qilayotgan bo‘lsa ham mamlakatda hamma narsa ajoyib deb e’lon qilishi mumkin — va hech kim bunga e’tiroz bildira olmaydi. Qattiqqo‘l senzura ham hukumatga qarshi fikr bildirishga ko‘maklashmaydi. So‘z erkinligi o‘ta muhim!


So‘z erkinligi har doim ham foydalimi?

Umuman olganda so‘z erkinligi demokratiya uchun zarur. Lekin u cheksiz bo‘lishi lozimmi, yoki har qalay biron bir narsani– ommaviy darajada gapirish — yozish, kuylash, hazil qilishni cheklash zarurmi? Bu borada yagona fikr mavjud emas.

Davomi: OAV siyosatga qanday qilib ta’sir ko‘rsatadi?

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade