Tizim mavjud bo‘lmasa-chi?

Ayrimlar siyosiy tizimdan voz kechsak yaxshiroq bo‘ladi deb hisoblaydi. Bunda anarxiya deb ataladigan hokimiyatsizlik vujudga keladi.

— Qadim o‘tmishda — JUDA qadimda — kishilar unchalik katta bo‘lmagan jamoalarda, hukumatsiz yashagan. Va, kun kechirishgan.
— Balki, ular kun kechirishgandir, biroq biz kabi uzoq va qulay sharoitlarda yashashmagan.
— Bunga hukumatning qanday dahli bor? Balki, aqlli kishilar qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va kompyuterlarni o‘ylab topganligi uchun turmush yaxshilangandir?
— Hukumatsiz ushbu aqllilar hech narsa o‘ylab topmagan bo‘lar va o‘ziga yemish qidirish va kun kechirish bilan ovora bo‘lar edi.
— Sen qayerdan bilasan? Men odamlar doim bir-biri bilan yaxshi murosa qilgan va yordam berib yashagan deb o‘ylayman.
— Men odamlar doim bir-birini o‘ldirishni yaxshi uddalaganligini bilaman. Sen kichik tajriba o‘tkazishga jur’at qilasanmi?
— Qanday tajriba?
— Barcha hukumatlarni tarqatib, barcha qonunlarni bekor qilib yubor — ko‘ramiz, nima bo‘larkin…
— Voy, oyijon…
— Ana shunaqa.

Mukammal (ideal) dunyo

Siyosiy faylasuflar mukammal davlat qanday bo‘lishi kerakligini tasavvur qilishga urinishgan. Ular bizga jamiyat qurilishi to‘g‘risidagi ko‘plab qiziqarli fikrlarni qoldirishgan.

— Odamlarga xulq-atvor namunasi bo‘ladigan podshohlar kerak. Agar podshoh yaxshi fazilatli bo‘lsa, xalq ham yaxshi fazilatli bo‘ladi. (Konfutsiy, Xitoy, er. av. 5 asr)

— Hukumatni «o‘zi amalga oshirganlaridan tashqari — adolatsizlikning oldini oluvchi tizim…” deb ta’riflash mumkin» (Ibn Xaldun, Shimoliy Afrika, 14 asr).

— Odamlarga qat’iy qonunlarga ega kuchli hukumat kerak, aks holda biz bir-birimizni o‘ldirib tashlaymiz. (Tomas Gobbs, Angliya , 17 asr).

— Odamlar o‘z mamlakatining barcha qonunlariga qo‘shilsa ham, ular baribir erkin, chunki umumiy qonunlar tizimini erkin tanlaydilar. (Jan-Jak Russo, Fransiya, 18 asr).

— Boshqarishning eng adolatli usuli — ko‘pchilik odamlar uchun yaxshi bo‘lgan narsani aniqlash, va buni, u ozchilikka yomonlik keltirgan taqdirda ham bajarish. (Ieremiya Bentam, Angliya, 19 asr)

— Hamma kishilar huquqlarga ega deyish oson, lekin haqiqiy hayotda eng ezilganlarni himoya qiluvchi qonunlar kerak. (Xanna Arendt, Germaniya/AQSh, 20 asr).

AQShdagi Buyuk Depressiya davrida bir piyola bepul sho’rva ustiga ishsizlar navbati

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Muhokama qilishni o‘rganamiz

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade