Urush oqlangan bo‘lishi mumkinmi?

Azamat Shamuzafarov
Nov 5 · 3 min read

Agar ikki kishi mushtlashsa, ular mamlakat qonunlariga ko‘ra sud qilinadi. Urushni mamlakatlar boshlasa, xalqaro huquq aralashadi.

Xalqaro huquq birorta kitobda yoki hujjatda to‘planmagan. U mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘plab shartnomalar va kelishuvlardan iborat.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar askarlar, bombalar va zambaraklarni qo‘llashni boshlaydigan darajada yomonlashganda urush boshlanadi. Urush — muammoning eng yomon yechimi. Biroq BMT Xavfsizlik kengashi juda kam hollarda — xalqaro huquq qoidalariga muvofiq urushni oqlangan deb topadi.

Nima uchun odamlar urush boshlaydilar?

☝︎Ushbu sabab 400 yil avval mutloq monarxga to‘g‘ri kelishi mumkin edi. Hozirgi kunda bu zo‘ravonlik va xalqaro huquq bo‘yicha noqonuniydir.

☝︎Agar boshqa mamlakat zo‘ravonlik harakatini sodir etgan bo‘lsa, o‘zini himoyalash uchun unga urush e’lon qilishni xalqaro huquq qonuniy (va oqlangan) deb hisoblaydi.

☝︎Bir mamlakat qudratining nihoyatda ortib ketishi albatta unchalik yaxshi emas. Lekin bugungi kunda ko‘pchilik insonlar buni urush ochish uchun asosli sabab deb hisoblamaydi.

☝︎Mana shu yerda hammasi murakkab. Kimdir bu nafaqat oqlangan, balki har qanday mamlakatning burchi deb hisoblaydi. Boshqalar esa qudratli mamlakatlar inson huquqlarini kuchsiz mamlakatlarga tazyiq o‘tkazish quroliga aylantirishi mumkin deb e’tiroz bildiradi.

Mamlakatning urush keltirgan vaji har doim haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

Iroqdagi ikkita urush

Davlatlar koalitsiyasi so‘nggi 30 yil ichida Iroqqa ikki marta urush e’lon qildi.

Birinchi Iroq urushi

1990 yil. Iroq Quvaytga bostirib kirdi. Iroq prezidenti Saddam Xusayn Quvaytni Iroq provinsiyasi deb e’lon qildi. BMT Iroqdan Quvaytni tark etishni talab qildi. Saddam rad qilganda BMT unga qarshi harbiy amaliyotni ma’qulladi.

1991 yil. 35 mamlakatning askarlari Quvaytni iroqlik harbiylardan ozod qildi. Atigi 100 soat davom etgan janglardan so‘ng Iroq taslim bo‘ldi, va BMT koalitsiyasi mamlakatni tark etdi. BMT Saddamni Quvaytga urush keltirgan zararlarni qoplashga majbur qildi, hamda uzoq masofali qurollarni yo‘q qilish majburiyatini yukladi.

O‘n yildan so‘ng, 2002 yilda, AQSh prezidenti Djordj Bush BMTda ma’ruza qildi. U Saddamni inson huquqlarini poymol qilishda va ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarishda aybladi. BMT urushni ma’qullamadi, biroq keyin…

Ikkinchi Iroq urushi

2003 yil. AQSh boshqa uch mamlakat bilan birga ularda Saddam Xusaynning taqiqlangan qurol-yarog‘ga egaligini tasdiqlovchi dalillar mavjudligini ro‘kach qilib, Iroqqa urush e’lon qildi. Bir necha kun ichida to‘rt mamlakatdan iborat koalitsiya Iroq poytaxti Bog‘dodni bosib oldi va Saddamni qochishga majbur qildi. Iroqliklarning bir qismi bundan o‘ta xursand edi, chunki u haqiqatan ham inson huquqlarini poymol qilgan. Iroq barqaror hukumatsiz kuchli tartibsizlikka g‘arq bo‘ldi. Koalitsiya qo‘shinlari yordam berish maqsadida qoldilar, lekin ko‘pchilik iroqliklar ularni dushman deb hisoblardi va shu sababli partizanlar urushini boshlab yubordi.

2006 yil. Saddam nihoyat qo‘lga olindi. U inson huquqlarini buzishda, shu jumladan genotsidda ayblanib, qatl qilindi.

2011 yil. Barcha to‘rttala mamlakat o‘z qo‘shinlarini Iroqdan olib ketdi. Shunda AQSh iddao qilganidek Iroqda taqiqlangan qurol mavjud bo‘lmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ular shunchaki yolg‘on gapirgan edilar.

Dunyodagi ko‘pchilik insonlar birinchi Iroq urushini oqlangan deb hisoblaydi. Ikkinchisi haqida bunday deyish birmuncha qiyin. Kimdir Saddam BMT qoidalarini va inson huquqlarini buzganligiga ishonadi. Boshqalar koalitsiya Saddamdan qutulishni xohlagan, chunki uning qo‘lida juda katta hokimiyat mavjud bo‘lib, u bilan kelisha olmaganlar deb o‘ylaydi. AQSh va koalitsiyaga aslida Iroqdagi neft zarur bo‘lgan degan fikr mavjud.

Davomi: Qamoqlar nima uchun kerak?

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade