Xalqaro siyosat

Urushlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun mamlakatlar o‘zaro shartnomalar tuzadi. Odatda ularda faqat urush haqida gapirilmaydi — shartnomalar kishilar, tovarlar va axborotning ko‘chib yurishini yengillashtirish imkonini beradi. Ba’zan mamlakatlar guruhlari umumiy maqsadlar va manfaatlar bilan birlashgan tashkilotlarni tuzadilar. Masalan:

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)

BMTga dunyoning deyarli barcha mamlakatlari a’zo hisoblanadi. Ularning barchasi Tashkilotning qoidalariga amal qilishga va jahon muammolarini birgalikda hal qilishga rozilik bildirgan. Har bir a’zo-mamlakat Nyu-Yorkda joylashgan BMT qarorgohiga o‘z delegatlarini yuboradi.

Global maqsadlar

  • Mamlakatlar o‘rtasidagi tinchlikni saqlash
  • Atrof-muhitni muhofaza qilish
  • Barcha hamjamiyatlarda tenglik va adolatni o‘rnatish
  • Tabiiy ofatlar yoki urushlardan aziyat chekayotgan kishilarga yordam — oziq-ovqat va boshpana berish.

Global vakolatlar
Beshta mamlakat — Xitoy, Fransiya, Rossiya, Buyuk Britaniya va AQSh — qolgan mamlakatlarga nisbatan ko‘proq hokimiyatga ega. Ular BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari hisoblanadi.

Agar hech kim qarshilik bildirmasa, Kengash birorta mamlakatga harbiy aralashuvni ma’qullashi yoki jazolarni qo‘llashi — buzg‘unchi mamlakat bilan savdoni taqiqlashi mumkin.

Amalda, eng kuchli mamlakatlar ko‘pincha ushbu cheklovlarni nazar-pisand qilmaydilar va o‘z holicha ish ko‘radi, bunda kelishuvlarga rasman amal qilish uchun o‘z hatti-harakatlarini boshqacha nomlaydilar. Agar boshqa davlatlar ularni birorta ish bo‘yicha ayblasa, bunday mamlakatlar bu arznomalarni shunchaki e’tiborsiz qoldiradi, chunki ular boshqalarga nisbatan baribir kuchlidir.

Yevropa ittifoqi (YeI)
Ko‘pchilik G‘arbiy Yevropa mamlakatlari o‘z fuqarolariga chegaralarga e’tiborsiz holda yashash, ishlash va savdo qilish imkoniyatini yaratish uchun o‘z resurslarini birlashtirishga kelishib oldilar.

YeIning Bryussel va Strasburgda majlis o‘tkazadigan o‘z parlamenti mavjud. Har bir a’zo-mamlakat tashkilot budjetini boshqarish uchun Yevroparlamentga deputatlarni tanlaydi.

Arab davlatlari Ligasi
Ko‘plab Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika o‘zaro xavfsizlik va hamkorlik maqsadida ushbu birlashmaga a’zo bo‘lib kirdi.

Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)
Ushbu harbiy ittifoqqa Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko‘pchilik mamlakatlari a’zo hisoblanadi. Ular urush holatida bir-birini himoya qilishga hamda resurslar, shu jumladan qurol-yarog‘ bilan ko‘maklashishga kelishib oldilar.

Afrika ittifoqi
Unga Afrikaning ko‘plab mamlakatlari kiradi. Tashkilotning maqsadlari — tinchlik va birlikka erishish, xalqaro savdo tizimini rivojlantirish.

Uydan yiroqda

Hukumatlar elchilar — doim chet elda yashovchi va u yerda o‘z mamlakatining vakili bo‘lib faoliyat yurituvchi amaldorlar bilan almashadilar. Ular elchixona deb ataladigan bino yoki binolarda yashaydi va ish olib boradi. Garchi bino masalan, O‘zbekistonda joylashgan bo‘lsa ham, u rasman unda qaysi mamlakatning elchixonasi joylashgan bo‘lsa, o‘sha mamlakatga tegishli hudud hisoblanadi. Elchixona hududida uning mamlakat qonunlari amal qiladi.

Davomi: Tizim mavjud bo‘lmasa-chi?

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Muhokama qilishni o‘rganamiz

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade