Oʻquvchilarga oʻz-oʻzini boshqarish va vazifalarni muhimlik darajasiga qarab taqsimlashda yordam berishning aniq yoʻllari

Khan Academy Oʻzbek Blog
3 min readOct 12, 2020

--

xanakademiyasi.uz

Maktab davrida muvaffaqiyat qozonish uchun maʼlumotlarni oʻzlashtira olish qobiliyatiga bogʻliq boʻlmagan boshqa zarur koʻnikmalar talaygina. Bular: oʻz hissiyotlarini aniqlash, ularni toʻgʻri nomlash va boshqara olish qobiliyatidir. Maktabda oʻtgan kunlar hissiyotga boy boʻladi va aynan shu hissiyotlar, u xoh xursandchilik, xoh tushkunlik holati boʻlsin, maktab muhitini oʻz-oʻzini idora etish koʻnikmalarini sinab koʻrish uchun eng mos joyga aylantiradi.

Men uchun ularga “hissiy” lugʻatlarini boyitishda koʻmaklashishning eng ishonchli yoʻli — bu oʻz hissiyotlarimni boshqarishdagi shaxsiy tajribamni dars paytida qoʻllagan holda koʻrsatish”, — deydi 2-sinflar oʻqituvchisi Lindsey Minder. U oʻquv kunlari davomida bolalarga namuna boʻlib, oʻzini qanday his qilayotgani va nima uchun shu holatda ekanligini doimiy ravishda tasvirlab berish bilan birga, chuqur nafas olish kabi oʻzini tinchlantirishning oddiy usullarini ham namoyish etadi.

Oʻrganishning eng muhim qirralaridan biri — bu kimnidir oʻziga namuna qilib olishdir, — deydi taʼlim siyosati institutining prezidenti va boshqaruvchisi Linda Darling-Hammond, “Edutopia”ning oʻrganish ilmiga oid videolarida. — Biz birovlarni kuzatish orqali oʻrganamiz. Biz sinfxonada oʻqituvchining oʻz hissiyotini aniqlash va ularni samarali yoʻlda boshqarishni namuna qilib koʻrsatayotganiga guvoh boʻlamiz. Aynan shu narsa bolalarga oʻz hissiyotlarini toʻgʻri boshqarishda koʻmaklashish sari qoʻyilgan birinchi qadamdir”.

Bunday “modellashtirish” oʻquvchilarga ularning oʻqituvchisi ham oddiy odam ekanligini, ular ham hech kim ularga quloq solmaganda yo gapiga kirmaganida oʻquvchilar kabi tushkunlikka tushishlari mumkinligini anglab yetishda yordam beradi. Shu bilan birga, har bir inson kun davomida turli hissiyotlarni boshidan kechirishi va ularni toʻgʻri boshqarish uchun har bir kishi qoʻlidan kelgancha harakat qilayotganini tushunib yetish bolalarda xayrixohlik hissini oshiradi.

Manba: researchgate.net

Oʻquvchilar akademik va hayotiy muvaffaqiyatga erishishda oldidagi vazifalarni qanday qilib muhimligi boʻyicha tartibga solish hamda ularni toʻgʻri yechishni ham oʻrganib, amaliyotda sinab koʻrishlari kerak. “Ijro etish vazifasi” aynan oʻquvchilarning turli fanlardan muddati belgilangan topshiriqlarni bajarishlari kerak boʻlgan payt — oʻrta maktab davri, ularga eng kerakli davrda shakllanadi. Ishlarni muhimligi boʻyicha tartibga solish nafaqat uni uddalashni osonlashtiradi, balki vaqtdan toʻgʻri foydalanishga ham yordam beradi.

Mark Tven shunday degan edi: Agar siz ertalab turib qurbaqa yesangiz, kun davomida yeydigan boshqa hamma narsalarning taʼmi ajoyib tuyuladi”. Shu bois ham men ularga vazifalar roʻyxatidagi qurbaqa, yaʼni ular eng yoqtirmagan ishni birinchi boʻlib chiqarib yuborishni oʻrgatdim. Shundan soʻng qolgan hamma narsa osonroq tuyuladi”, — deydi Ketrin Pol.

Bu yerda Pol oʻquvchilarga keyinchalik oʻzlari mustaqil qoʻllay oladigan muhimlik roʻyxatini tuzishda boshchilik qilyapti.

Uning yordamida siz qay bir ishni dastavval bajarishni aniqlab, soʻngra u ishni taqsimlagan holda muvaffaqiyatli tugata olasiz”, — deydi 8-sinf oʻquvchisi Arius.

Maqola kqed.org saytidan olindi va Khan Academy Oʻzbek jamoasi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilindi.

Matnda xato topgan boʻlsangiz, blog@bilimonlayn.uz email manzili yoki Telegram profilimizga xabar bering.

Ushbu maqolani doʻstlaringiz bilan ulashing va bizni onlayn kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Medium | Vebsayt

--

--

Khan Academy Oʻzbek Blog

Bepul taʼlim – barcha uchun har yerda va hamisha. Foydali maqolalar bilan boʻlishamiz. xanakademiyasi.uz loyihasining rasmiy blog sahifasi.