Qamoqlar nima uchun kerak?

Azamat Shamuzafarov
Nov 5 · 2 min read

Og‘ir jinoyatlar uchun jazolangan kishilar ko‘plab mamlakatlarda yillab, ba’zan umrbod qamoqda o‘tiradi. Insonni ozodlikdan mahrum qilish — jiddiy qadam, va u oqlangan bo‘lishi kerak.

Quyida hamjamiyatlar tomonidan jinoyatchilarni qamoqqa olishni tushuntiruvchi ayrim sabablar berilgan.


Xavfsizlik
Ko‘chalarni jinoyatchilardan tozalab oddiy kishilarning hayotini xavfdan xoli qilish mumkin.

Jazodan qo‘rqish
Odamlar qamoqqa tushishi mumkinligini bilib, qonunlarni buzmaslikka harakat qiladi.

Reabilitatsiya
Jinoyatchilar qonuniy yo‘llar bilan pul topa olishlari uchun qamoqda ularga yangi kasbni o‘rgatish orqali kelgusidagi qonunbuzarliklarning oldini olish mumkin.

Bu sabablarning barchasi amaliy tusga ega. Ular yoki kelgusidagi jinoyatlarni bartaraf qiladi, yoki xavfli odamlarni jamiyatdan ajratib qo‘yadi.

Yana nima uchun?
Shunday sabab borki, ko‘pchilik uni tan olmasa ham unga ishonmaydi: qasos. Jinoyatchilar o‘z gunohlari uchun jabrlanishi uchun ularni jazolash zarur. “Jinoyatchilik bilan kurashish”ga bel bog‘lagan siyosatchilar aynan ushbu his-tuyg‘ularga ta’sir ko‘rsatadi.

Qamoqlar bilan bog‘liq muammolar

Qamoqqa olishning qanday muqobil yo‘llari mavjud?

Tiklanuvchi adolat
Jinoyatchiga o‘z qurboni (agar bu mumkin bo‘lsa) bilan uchrashishga, undan kechirim so‘rashga va uning uchun biron bir foydali ish qilishiga to‘g‘ri keladi.

Qayta tayyorlash
Ta’lim olish ayrim jinoyatchilarning tuzalishiga yordam beradi.

Nazorat qilish
Politsiyaga jinoyatchi yana biror bir noqonuniy ishni boshlamasligi yoki mamlakatdan qochib ketmasligi uchun uni nazorat qilish imkoniyatini beruvchi elektron bilaguzuk.

Jamoatchilik ishlari
Axlat tozalash yoki maxsus shifoxonalardagi og‘ir kasallarni parvarish qilish kabi barcha uchun foydali mehnat.

Davomi: Nima uchun ayrim mamlakatlar kambag‘al?

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade